Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Eron ketma-ket to'rtinchi marta g'alaba qozonishni maqsad qilmoqda
Qo‘shdi: Aman (WapUsta)

96

Ertaga Tehrondagi mashhur "Ozodi" stadionida Eron va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. Eron sportini yoritadigan saytlardan biri tehrantimes.com ning yozishicha, bu o'yinda eronliklar faqat g'alabani maqsad qilishmoqda.Bu borada sayt shunday yozgan: "Eron milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan eng so'nggi tayyorgarlikni shanba kuni O'zbekistonga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bungacha ikkala jamoa o'zaro 8 marta o'ynagan. Eron olti bor zafar quchgan bo'lsa, O'zbekiston bir marta yutgan. Shuningdek, bitta o'yinda durang qayd etilgan"."Eron O'zbekistonga qarshi oxirgi uch o'yinda g'alabaga erishgan. Ertaga ketma-ket to'rtinchi g'alabani nishonlash niyatidamiz. Terma jamoa O'zbekiston bilan bahsdan so'ng 29 may kuni Turkiya bilan kuch sinashadi. Har ikkala uchrashuv bosh murabbiy Karlush Keyrush uchun 23talik tarkibni aniqlab olishda xizmat qiladi"."Hozir terma jamoa lagerida 35 nafar futbolchi shug'ullanmoqda. Keyrush JChga boradigan yakuniy ro'yxatni 3 iyun kuni ma'lum qiladi. "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadigan o'yinga kirrish bepul. Muxlislarni stadionga chorlab qolamiz".
« Xabarlarga qaytish
© Real Madrid Uzbekistan