Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Umid Ahmadjonov "Ayaks" futbol klubi akademiyasini ko'zdan kechiradi
Qo‘shdi: Aman (WapUsta)

70

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda Doxa shahrida bo'lib turibdi. Qatardagi safar yakuniga etgach, Umid Ahmadjonov Gollandiyaning Amsterdam shahriga yo'l olishi rejalashtirilgan. U erda dunyodagi eng kuchli akademiyalardan yana biri bo'lgan "Ayaks" futbol klubi akademiyasini ko'zdan kechirib, u erda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, "Ayaks" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qiliniib, o'zaro hamkorlik qilish, gollandiyalik mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish masalalari bo'yicha muzokaralar o'tkaziladi.Shuningdek, Amsterdamda Gollandiya Qirolligi futbol uyushmasi prezidenti bilan ham uchrashuv bo'lib o'tadi. Uchrashuvda o'zbekistonlik yosh futbolchilarni Gollandiyaning kuchli klublariga jalb qilish, shu orqali futbolchilarimizning Evropaga chiqishiga yo'l ochish, Milliy terma jamoalarimizga Evropa futbolida chiniqqan kuchli nomzodlarni tayyorlash masalalari muhokama qilinadi, - deb xabar bermoqda O'FA rasmiy sayti. 
« Xabarlarga qaytish
© Real Madrid Uzbekistan