Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Siz bilgan va bilmagan Xabib Nurmagomedov haqida!
Qo‘shdi: Aman (WapUsta)

52

O'zbekistonda MMA jangchisi, UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning ko'plab muxlislari bor. Bugun Xabib haqidagi ma'lumotlarni e'tiboringizga taqdim etamiz.Xabib Abdulmanapovich Nurmagomedov - 1988 yilning 20 sentyabr  kunida Dog'istonning Tsumadin tumanida tug'ilgan. Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi. Laqabi: Burgut. UFCda engil vazn toifasida chempion.Millati - avar. Sportchilar oilasidan. Otasi - Abdulmanap Nurmagomedov erkin kurash va sambo bo'yicha Ukraina chempioni. Otasining ukasi - Nurmagomed Nurmagomedov 1992 yilda sambo bo'yicha jahon chempioni. Onasi tomondan bobosi esa erkin kurash bo'yicha sport ustasi. Xabibning otasi nafaqat kurashchi, erkin kurashda murabbiy ham bo'lgan. Aynan u Xabibning ilk ustozi bo'lgan va yakkakurash bilan 5 yil davomida shug'ullantirgan. "Eslayman, barcha vaqtim gilamda o'tardi", - deb eslaydi jangchi o'sha paytlarni. Uning o'zidan 1,5 yosh kichik Abubakar ismli ukasi bor. Ular yoshlikda birgalikda mashg'ulotlar olib borishgan (Abubakar ham professional jangchi, WSOF turnirlarida qatnashmoqda). 2001 yilda uning oilasi Mahachqal'aga ko'chib bordi. U erda mashg'ulotlarni davom ettirdi. "Otam Mahachqal'adagi 15ga yaqin qarindoshlarimizni bir joyga to'pladi. 7-8 oila a'zolarining barchasi bir tom ostida yashadik. Birga ovqatlanardik, birga shug'ullanardik va birga o'sdik", - deydi sportchi. Kimdir Xabibga qoidalarsiz jang videotasvirlarini ko'rsatdi va u o'zining yangi qirralarini ochishni istadi. Unga aynan oyoqda zarba berish texnikasi yoqib qoldi. Biroq shu bilan birga u kurashda shug'ullanishni ham davom ettirdi. O'sha vaqtda otasi yakkakurashni o'zgartirdi va o'g'lini jangovor sambo bilan mashg'ulot qildirdi. "Men ham shuni istadim, biroq u dastlab kurtkalarda mashg'ulot qilishimni xohladi va meni o'z do'sti? Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy, dzyudo bo'yicha murabbiy Jafar Jafarovning oldiga yubordi. Yarim yil davomida uning ta'limini oldim va 2005 yilda jangovor samboga o'tib ketdim" - dedi Xabib.Ikki yil davomida u Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy Jafar Jafarov bilan shug'ullandi. Keyinchalik Xabib yana jangovor samboga qaytdi, uni yana otasi shug'ullantira boshladi.XABIB NURMAGOMEDOV BOLALIGIDA (chap tomonda)Xabibni to'lqinlantira olgan rossiyalik jangchi Fedor Emelyanenko. Nurmagomedov shunday derdi: "Jangovor sambo bilan shug'ullanishni boshlaganimda u barcha jangovor sport turlarida birinchi o'rinda edi. Uning o'zini tutishi, xarakteri menga namuna bo'lib xizmat qildi. U yutganda ham, yutqazganda ham o'zini tanxo tutardi. Unga o'xshashga intilganman. Fedor Emelyanenko - Rossiyadagi ushbu sportning rivojlanishiga turtki bergan inson. Hech qachon u haqida yomon gaplar eshitmaganman. Uning janglarini tomosha qilib katta bo'ldim. U qanday uradi, nokaut qiladi, natijalarga qanday erishadi, barchasini ko'rdim. Bunday jangchi va insonga har doim havas qildim".Yakunda Xabib professional jangchiga aylandi. Bunda asosiy rolni otasi ijro etdi, u nafaqat murabbiyi bo'ldi, balki hayot yo'lidagi ustoziga ham aylandi. Xabibning aytishiga ko'ra, 19-20 yoshligida sportdan ketib, qo'riqlash agentiga ishga kirmoqchi bo'lgan. Biroq otasi unga shunday degandi: "Agarda qaerdadir ishlasang, sen sportchi emassan. Demak, sening boshqa ishing bor. Agarda sportchi bo'lishni istasang,..UFC chempioni haqidagi qiziqarli ma'lumotlarning davomini quyidagi sahifada o'qishingiz mumkin > > > Siz bilgan va bilmagan Xabib Nurmagomedov haqida!
« Xabarlarga qaytish
© Real Madrid Uzbekistan